Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ekspert_guruhi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar huzurida tashkil etilgan Ekspert guruhi haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yi
28-yanvardagi KQ-52-V-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Ekspert guruhlari tashkil etilgan.

✅ Ekspert guruhi:
— mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatini ekspert hamda axborot-maslahat jihatidan qo‘llab-quvvatlash;
— norma ijodkorligi jarayonlariga ko‘maklashish;
— nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishda amaliy yordam berish maqsadida faoliyat yuritadi.

⬇️ Mazkur guruh:
— jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan maslahat organi hisoblanadi;
— mahalliy Kengash qarori bilan shakllantirilgan;
— uning xulosalari tavsiyaviy xususiyatga ega.

➡️ Ekspert guruhi o‘z faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, Hukumat qarorlari hamda mahalliy Kengash hujjatlariga amal qiladi.

Ushbu tizim mahalliy Kengashlar faoliyatida ochiqlik, samaradorlik va professional yondashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1