Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Gullar festivali oldidan tayyorgarlik va xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilindi

Gullar festivali oldidan tayyorgarlik va xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati O. Yusupov tomonidan Namangan shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan 65-xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida festival o‘tkaziladigan hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, gul kompozitsiyalarini joylashtirish, tashkiliy masalalarning borishi hamda infratuzilmaning tayyorgarlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, tashrif buyuruvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, attraksionlarning texnik sozligi va ulardan foydalanish holati bilan yaqindan tanishildi.

Slide 1 of 4