Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Soliq intizomi va yuklatilgan vazifalar ijrosi o‘rganildi

 Soliq intizomi va yuklatilgan vazifalar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 30-Nurobod saylov okrugi deputati O.Yusupov tomonidan “Alpomish” mahalla fuqarolar yig‘inida soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning ijro holatini o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida hududda soliq intizomini mustahkamlash, soliq tushumlari barqarorligini ta’minlash, yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish, shuningdek, soliq to‘lovchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shu bilan birga, soliq organlari faoliyatida mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish, soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli va samarali ijrosini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda bu boradagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 7