Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

 SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 8-Obi-hayot saylov okrugi deputati Yo. Maxkamova tomonidan “Ravnaq” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-iqtisodiy, kommunal, infratuzilma, bandlik, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, uy-joy ta’miri, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, subsidiya va moddiy yordam ajratish bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.

Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Shuningdek, qabul davomida fuqarolarga amaldagi qonunchilik normalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ularning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va ehtiyojlarini tizimli o‘rganish hamda amaliy yechim topishga qaratilgan bunday sayyor qabullar izchil davom ettirilmoqda.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 5