Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi raisi A.Soyibnazarov hamda deputatlar ishtirokida navbatdagi muhokama va oʻrganish yigʻilishi oʻtkazildi

Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi raisi A.Soyibnazarov hamda deputatlar ishtirokida navbatdagi muhokama va oʻrganish yigʻilishi oʻtkazildi

🇺🇿Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi raisi A.Soyibnazarov boshchiligida shahardagi mahalla va hududlar infratuzilmasini yaxshilash, xususan, aholi hamda yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlar bilan ishchi muloqot tashkil etildi.

➡️ Yigʻilish davomida mahalla hududlarida zamonaviy bolalar oʻyingohlari va sport maydonchalarini barpo etish, ularning loyiha-hujjatlari va qurilish rejalari atroflicha muhokama qilindi. Ayniqsa, yosh avlodning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, aholi murojaat va takliflarida aks etgan masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

⌛ Muhokamalar jarayonida loyihalarning sifati, xavfsizlik talablariga mosligi hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi boʻyicha amaliy takliflar ilgari surildi.

✅ Muloqot yakunida rejalashtirilgan bolalar maydonchasi loyihasini tez fursatlarda amalga oshirish, qurilish ishlarini sifatli va manzilli tashkil etish hamda masʼullar zimmasiga tegishli vazifalarni yuklash boʻyicha qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4