Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
MAHALLALARDA MUAMMOLAR YECHIMIGA TIZIMLI YONDASHUV

#deputatlik_faoliyati #Hamkorlik_faoliyati

MAHALLALARDA MUAMMOLAR YECHIMIGA TIZIMLI YONDASHUV

🇺🇿 Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov rahbarligida hokimlikning Vaziyatlar markazida tuman mas’ullari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirokida mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

💹 Unda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ham ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida mahallalarda aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor hal etish, shuningdek, hududlarda barqaror vaziyatni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

🕯 Kun tartibida ko‘tarilgan masalalar qatorida uy-joylarni ta’mirlash, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, oqova suv tizimlarini tartibga keltirish, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📈 Shu bilan birga, mazkur masalalarning ayrimlari xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar va deputatlik nazorati davomida ham ko‘tarilayotgani qayd etildi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari va tavsiyalar yuborilib, ularning ijrosi nazoratga olinmoqda.

🗣 Yig‘ilishda “Xalq nazorati” portali orqali fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar ham alohida muhokama qilindi. Mazkur murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish, muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va amaliy yechimlarni belgilash muhimligi ta’kidlandi.

📈 Vaziyatlar markazida o‘tkazilayotgan bunday muhokamalar mahallalarda mavjud muammolarni bir joyda jamlab, ularni mas’ul tashkilotlar kesimida ko‘rib chiqish, ijrosini muvofiqlashtirish va natijadorligini nazorat qilish imkonini bermoqda.

📝 Muhokamalar yakunida aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni manzilli o‘rganish hamda ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 8