Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
#munosabat

🔰#munosabat

Bolalar huquqi va xavfsizligini ta’minlash — jamiyatning eng muhim vazifalaridan biridir.

Voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish tashabbuslarini muhim qadam, deb hisoblayman.
Amaldagi qonunchilikda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari, jumladan, himoya orderi kabi mexanizmlar belgilangan. Yangi qonunchilik tashabbuslarida esa javobgarlik choralarini takomillashtirish va voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Ayniqsa, bolaga nisbatan sodir etilgan har qanday zo‘ravonlik holatiga befarq bo‘lmaslik, bunday jinoyatlarning oldini olish va aybdorlarning qonun oldida javob berishini ta’minlash muhim.
Har bir bola xavfsiz muhitda yashash, ta’lim olish va kamol topish huquqiga ega. Ularning manfaatlarini himoya qilish — barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.

Jamshid Xudoyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt