Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
#deputat_faoliyati

Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Q. Safarov tomonidan fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida FHDYO organida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati, ular uchun yaratilgan qulayliklar hamda xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga e’tibor qaratildi.
Jumladan, binoga kirish-chiqish imkoniyati, fuqarolarni qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish jarayonining qulayligi va nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi ko‘zdan kechirildi.
Deputat tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonida inklyuzivlik, qulaylik va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat xizmatlaridan boshqa fuqarolar qatori teng va to‘siqlarsiz foydalanishi uchun mavjud shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Bunday o‘rganishlar davlat xizmatlari sifatini oshirish, fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rganishlar davom etmoqda...

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt
Slide 1 of 3