Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Qiziriq tumani sport maktabidagi mavjud holat o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonun_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #nazorat_tahlil

Qiziriq tumani sport maktabidagi mavjud holat o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov deputatga biriktirilgan tashkilot — Qiziriq tumani sport maktabida bo‘lib, muassasada mavjud holat, sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida sport maktabida yoshlar va aholining sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, mavjud sport jihozlari va inventarlar, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joylarning holati hamda muassasaning moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, sport maktabi faoliyatida mavjud masalalar hamda yoshlarni sportga keng jalb etish bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar deputatning «Murojaatlar daftari»ga qayd etildi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar ishtirokida hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish va ularning ko‘rib chiqilishi natijalarini nazoratga olish belgilandi.

Shuningdek, sport maktabida mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish hamda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur masalalar deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5