Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

✅Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D. Kambarova tomonidan tegishli mas’ullar ishtirokida shahar Tibbiyot birlashmasining mavjud infratuzilmasini takomillashtirish hamda hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

➡️O‘rganish davomida ikki muhim masalaga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 Birinchi masala — Tibbiyot birlashmasining orqa qismida joylashgan, hokimlik zaxirasida bo‘lgan yer maydonini tibbiyot muassasasiga qo‘shib, hududni obodonlashtirish va shaharsozlik talablari asosida tegishli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🔹 Ikkinchi masala — “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan tashabbus asosida Tibbiyot birlashmasining kirish qismi oldidagi hududni kengaytirish, uning tashqi ko‘rinishi va infratuzilmasini zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

✅Mazkur ishlarning amalga oshirilishi tibbiyot muassasasi hududining yanada obod, qulay va zamonaviy ko‘rinishga kelishiga, fuqarolar uchun yaratiladigan shart-sharoitlarni yaxshilashga xizmat qiladi.

📌 O‘rganish jarayonida mavjud masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, belgilangan vazifalarni sifatli hamda amaldagi tartiblar asosida amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 3