Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 YOSHLAR VA EKOLOGIK TASHABBUSLAR
янв.21
9-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
“Yangi hayot” mahallasida obodonlashtirish va tozalik masalalariga e’tibor qaratildi

#deputat_faoliyati #Yangi_Ozbekiston_qiyofasi
#deputat_okrugida

“Yangi hayot” mahallasida obodonlashtirish va tozalik masalalariga e’tibor qaratildi

Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati, 20-“Yangi hayot” saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Normo‘minov tomonidan “Yangi hayot” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi har bir ko‘cha va xonadonni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududda obodonlashtirish va tozalash ishlarini tizimli tashkil etish, ko‘chalar, ariqlar va umumiy foydalanishdagi hududlarni chiqindilardan tozalash, atrof-muhitning ozodaligini ta’minlash hamda mahalla hududining ko‘rkamligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududda tozalik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda har bir ko‘cha va xonadonning tashqi qiyofasini yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3