35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 YOSHLAR VA EKOLOGIK TASHABBUSLAR
янв.21
9-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda aholining muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi E. Rustamov 10-Bobur saylov okrugi hududidagi “Yovqochar” mahallasida bo‘lib, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini xonadonbay o‘rgandi.

🔹O‘rganish jarayonida, avvalo, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida belgilangan vazifalarning mahalla darajasidagi ijrosi tahlil qilindi. Kambag‘allik reyestrida qayd etilgan xonadonlarning daromad manbalari, bandlik holati, mavjud muammolari hamda qo‘shimcha ko‘makka bo‘lgan ehtiyojlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔹Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot davomida har bir oilaning mavjud imkoniyatlari, mehnat salohiyati va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni qo‘llab-quvvatlashning aniq yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Maqsad faqat mavjud muammoni aniqlash emas, balki oilaning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun amaliy imkoniyatlarni ishga solishdan iborat bo‘ldi.

🔹Xususan, ish izlayotgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali oilalar daromadini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🔹Xonadonbay o‘rganishlar davomida aniqlangan har bir masalaga individual yondashish, fuqarolarning murojaatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.

🔹Bunday deputatlik o‘rganishlari mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromadlarini oshirishga qaratilgan davlat siyosatining amaliy natijadorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5