35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 YOSHLAR VA EKOLOGIK TASHABBUSLAR
янв.21
9-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 24-Charog‘on saylov okrugi deputati N.Xasanova va deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan hududda navbatdagi deputatlik o‘rganishi olib borildi.

O‘rganish davomida deputatga biriktirilgan loyiha doirasida “MEROS EVAA” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Korxona rahbari M.Axmedov tomonidan oyoq kiyimlar ishlab chiqarish uchun yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanayotgani, ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilishi hamda korxonada yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyektining ishlab chiqarish faoliyati bilan bir qatorda, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, mehnat jarayonining xavfsiz tashkil etilishi va mavjud muhitning talablar asosida shakllantirilganiga ham e’tibor qaratildi.

Shuningdek, korxonada yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalasi alohida o‘rganildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi O‘RQ–226-son “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilishi, yong‘inning oldini olishga qaratilgan choralar hamda favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, tadbirkorlik subyektida xavfsizlik talablariga rioya etilishi va ishlab chiqarish faoliyatini belgilangan me’yorlar asosida tashkil etish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5