Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan ishbilarmon ayollarning tadbirkorlik faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari hamda ko‘rgazmaga qo‘yilgan namunalar bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida ayollarning o‘z tashabbusi va mehnati bilan yo‘lga qo‘ygan faoliyati, mahsulotlarning sifati, o‘ziga xosligi va amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilib, ularning ijodkorligi, tashabbuskorligi va tadbirkorlik salohiyati yuqori baholandi.
Shuningdek, faol va izlanuvchan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish hamda yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.