Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 YOSHLAR VA EKOLOGIK TASHABBUSLAR
янв.21
9-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Navbahor" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati va aholi murojaatlari o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlash maqsadida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 6-Navbahor saylov okrugidan saylangan deputat K.Amanqulovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Navbahor" MFYda bo‘lib, mahalla raisi va "Mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv va o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoni hamda deputatlik faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalishi” doirasida tashkil etildi. Monitoring davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy muammolari xonadonbay tahlil qilindi, "Ijtimoiy daftarlar" bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalarni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Fuqarolar murojaatlarining ijrosi deputatlik nazoratida qoladi.

Slide 1 of 1