35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarni kasb va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha tizimli ishlar belgilanmoqda
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalari
янв.21
Quyidagi holatlar deputat ustidan Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bog‘liq o‘rganishni dastlabki tarzda o‘tkazishga asos bo‘ladi:
янв.21
Mahalliy Kengash sessiyalarini o‘tkazish tartibi
янв.21
Mirzacho‘lda “Shukronalik” ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Xalq ichida — islohotlar, imkoniyatlar va shukronalik haqida ochiq muloqot
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
“Takiya ota” ziyoratgohidagi infratuzilma ishlari o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #nazorat_tahlil
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Takiya ota” ziyoratgohidagi infratuzilma ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 3-“Takiya” saylov okrugidan saylangan deputat A. Abdinazarovning saylov okrugidagi “Takiya” mahallasida joylashgan “Takiya ota” ziyoratgohida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-386-son qarori asosida rejalashtirilgan “Takiya ota” ziyoratgohini zarur infratuzilma bilan ta’minlash loyihasi ijrosi doirasida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida ziyoratgoh hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yo‘l-transport sharoitlarini yaxshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, loyiha doirasida belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi, bajarilgan ishlar va mavjud muammolar o‘rganilib, ziyoratgohni zamonaviy va qulay maskanga aylantirish, hududning sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2