ISHSIZ FUQARONING BANDLIGI BO‘YICHA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
📍 Arg‘in-Sada mahallasida istiqomat qiluvchi ishsiz fuqaro Orazbayev Bekzodning xonadoniga borilib, uning bandligini ta’minlash hamda doimiy ishga joylashtirish masalalari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida fuqaro bilan suhbatlashilib, uning mavjud imkoniyatlari, qiziqishlari va mehnat faoliyati bilan bog‘liq istaklari o‘rganildi.
💼 Fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash, daromad manbasini yaratish va oilaviy daromadini oshirish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan takliflar bildirildi.
📌 Shuningdek, fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
❗️Aholining bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash va ularning turmush farovonligini oshirish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!