35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 YOSHLAR VA EKOLOGIK TASHABBUSLAR
янв.21
9-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
DEPUTATLAR FAOLIYATI - ANIQ NATIJALARDA!

Bo‘zatov tumanida xalq deputatlari Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Deputatlar o‘z saylov okruglarida aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda. Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish, ularning ijrosini nazoratga olish va yakuniy natijaga erishish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu yo‘nalishda xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi deputatlari G.Jumanazarova va J.Jumanazarovlar tomonidan aholi murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.
Ushbu so‘rovlarda aholi uchun muhim bo‘lgan ichimlik suvi ta’minoti masalasi ko‘tarilib, "Xiva" va "Erkindaryo" ovullaridagi ichimlik suv stansiyalari faoliyatini tiklash va aholini barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga e’tibor qaratildi.
Deputatlik so‘rovlari natijasida "Xiva" va "Erkindaryo" ovullaridagi ichimlik suv stansiyalari qayta ishga tushirildi.
Bu esa deputatlik so‘rovining qog‘ozda qolib ketmasdan, aholi hayotida bevosita o‘z aksini topgan amaliy natija bilan yakunlanganini ko‘rsatadi.
Eng muhimi, ichimlik suvi kabi kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan masalaning hal etilishi hudud aholisi uchun qulaylik yaratib, ularning murojaatlariga amaliy yechim topilishiga xizmat qildi.
Deputatlik faoliyatining samarasi ham aynan shunda - aholini qiynayotgan muammoni o‘z vaqtida aniqlash, uni mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yish, ijrosini nazorat qilish va ijobiy natijaga erishishda namoyon bo‘ladi.
Bo‘zatov tumanida bu kabi amaliy ishlar izchil davom ettirilib, aholi murojaatlarini eshitish va ularning muammolariga yechim topish deputatlar faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Xalq bilan muloqot - muammoni aniqlashga, deputatlik so‘rovi esa uning yechimiga xizmat qiladi!

Slide 1 of 1