35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarni kasb va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha tizimli ishlar belgilanmoqda
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalari
янв.21
Quyidagi holatlar deputat ustidan Odob-axloq qoidalarini buzish bilan bog‘liq o‘rganishni dastlabki tarzda o‘tkazishga asos bo‘ladi:
янв.21
Mahalliy Kengash sessiyalarini o‘tkazish tartibi
янв.21
Mirzacho‘lda “Shukronalik” ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Xalq ichida — islohotlar, imkoniyatlar va shukronalik haqida ochiq muloqot
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #biriktirilgan_tashkilot #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati Energiya samaradorligi va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan hududdagi tashkilot va korxonalar faoliyatini o‘rganish, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda aholi murojaatlariga amaliy yechim topish borasidagi deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati, ekspert guruhi a’zosi Sh.Allamurodova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan Termiz shahar Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat jarayonida korxona boshlig‘i o‘rinbosari Y.Tursunov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ–940-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

O‘rganish Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari asosida, xususan, 24-band — navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish talabi doirasida tashkil etildi.
Nazorat davomida:

▪️ elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish;

▪️ energiya samaradorligini oshirish;

▪️ transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash;

▪️ tarmoqlardagi yuklamalarni muvozanatlash;

▪️ avariya holatlarining oldini olish;

▪️ tezkor avariya brigadalari faoliyatini takomillashtirish;

▪️ iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish, murojaatlarni belgilangan muddatlarda va sifatli hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ham tegishli takliflar bildirildi.

Nazorat yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlar tomonidan aholini uzluksiz, barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, qonun hujjatlari ijrosini kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlarini ishonchli himoya qilish deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Bunday amaliy nazorat tadbirlari tashkilotlar faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish, mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topish hamda aholi uchun munosib sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Xalq manfaatlari yo‘lida — nazorat, tahlil va amaliy natija!