Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 YOSHLAR VA EKOLOGIK TASHABBUSLAR
янв.21
9-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
20-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
2-SONLI JASORAT MAKTABIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
Muammolarga yechim — hamkorlikda

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2-shodlik saylov okrugidan saylangan deputati A.Bakiyev Bahoriston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, "Tashabbusi budjet" jarayonlari doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va tartibga solish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.

Jarayon davomida deputat hududda bajarilayotgan ishlar sifatini ko‘zdan kechirib, mas’ullar va pudratchi tashkilot vakillari bilan muloqot qildi. Loyihalarning o‘z vaqtida, sifatli hamda belgilangan talablar asosida yakunlanishi muhimligini ta’kidlab, qurilish ishlarida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Mahalla ahlining faolligi natijasida qo‘lga kiritilgan bu kabi ijobiy o‘zgarishlar hududni obod qilish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Deputat bu boradagi ishlar doimiy nazoratida bo‘lishini bildirdi.