35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Do‘stlik mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📍 Do‘stlik mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
🟢 YOSHLAR O‘RTASIDA GIYOHVANDLIKNING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
🤝 Fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
🤝 Ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
🤝 Fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATINING MAQOMI TOʻGʻRISIDA
янв.21
📚 “Zakovat” — bilim, topqirlik va tafakkur maydoni!
янв.21
🚜 “Jizzax” brendi ostida yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqariladi
янв.21
Ўзбекистон ва Корея Республикаси: стратегик шерикликнинг янги босқичи
#Buni_bilasizmi

#Buni_bilasizmi

Doimiy komissiyalar – Kengashning asosiy ishchi organi


Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatida doimiy komissiyalar muhim o‘rin tutadi. Ular Kengashning ishchi organi sifatida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonun hujjatlari va davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.

Doimiy komissiyalarning asosiy vazifalari Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta tayyorlash, tegishli sohalarda o‘rganishlar o‘tkazish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish, hisobotlarni eshitish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Shuningdek, doimiy komissiyalar hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining ijrosini joyiga chiqib o‘rganadi, fuqarolar murojaatlarini tahlil qiladi hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazoratini olib boradi.

Komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari Kengash sessiyalarida muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Kuchli va faol doimiy komissiyalar — bu samarali deputatlik nazorati, qonunlar ijrosini ta’minlash va xalq manfaatlarini himoya qilishning muhim omilidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1