35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLIY KENGASHLARNING ASOSIY VAKOLATLARI: QONUN — ASOS, NAZORAT — MEXANIZM

Mahalliy Kengashlar hudud aholisining manfaatlarini ifoda etuvchi muhim vakillik organi hisoblanadi. Ularning faoliyati hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash hamda qonun hujjatlarining ijrosini nazorat qilishga qaratilgan.
Mahalliy Kengashlarning asosiy vakolatlari:
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
mahalliy byudjetni ko‘rib chiqish, tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilish;
hududda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini o‘rganish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
deputatlik so‘rovlari va deputatlik nazorati mexanizmlari orqali aholi muammolarini o‘rganish;
fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga ko‘maklashishdir.