#Kotibiyat_mudiri_ish_rejasi_ijrosi
19¹-modda
📌 ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 25-“Tallashqon” saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov “Bog‘iobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma ishlarini o‘rgandi.
🔹 “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi namunaviy mahalla sifatida tanlab olingan hududda ichki yo‘llarni asfaltlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
🔹 Mas’ullarga yo‘l qurilishi ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Aholi uchun qulay va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini yaratish — doimiy e’tiborda!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube