35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛣 OQTERAK KO‘CHASIDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🛣 ANXORBO‘YI KO‘CHASIDA ASFALT YOTQIZISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏆 Musobaqada faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchi-yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. 👏 G‘oliblarni muborakbod etamiz va kelgusidagi musobaqalarda ularga omad tilaymiz!
янв.21
♟ YOSHLAR O‘RTASIDA SHAXMAT-SHASHKA MUSOBAQASI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI
янв.21
🏫 9-SONLI MAKTABDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
🏫 9-SONLI MAKTABDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
🏫 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
🏫 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
⚖️ Qonunlarni o‘rganamiz!
янв.21
📢 KICHIK BIZNES UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!
FUQARO MUAMMOSI AMALIY YECHIM TOPDI

 FUQARO MUAMMOSI AMALIY YECHIM TOPDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F.Turayev tashabbusi bilan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash doirasida Juraeva Gulmiraning murojaati o‘rganildi.
Murojaatchi o‘zining masofaviy shaklda nodavlat oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgani, II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs ekanligi, Ijtimoiy reyestrda turishi hamda 5 nafar farzandi borligini ma’lum qilib, o‘qish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kontrakt mablag‘ini to‘lashda qiynalayotganini bildirdi.
📌 Deputat F.Turayev tashabbusi bilan mazkur murojaat yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rilib, mahalliy saxovatpesha tadbirkor tomonidan fuqaroning o‘qish kontrakti to‘liq to‘lab berildi.
✨ Ushbu ezgu tashabbus orqali fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, ta’lim olishida davom etishi uchun zarur sharoit yaratildi.
Xalq vakili — xalq dardi bilan birga.

Slide 1 of 1