Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📍 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
📌 Mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish — deputatlar nazoratida

Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish hamda aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 24-Gulshan saylov okrugidan saylangan deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputati Ishchanov Alibek Raximberganovich hamkorligida Gulshan mahallasida o‘rganish ishlari olib borilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqotlar davomida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, aholi daromadlarini oshirish, ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yashash sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Gulshan mahallasida quyidagi aniq vazifalar belgilandi:
·         21 ta oilaga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
·         77 nafar fuqaroni bandlik bilan ta’minlash;
·         18 nafar fuqaroning ta’lim bilan bog‘liq muammolarini hal etish;
·         51 nafar fuqaroning tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash;
·         9 nafar fuqaroning yashash sharoitlarini yaxshilash;
·         xorijda bo‘lib turgan 326 nafar fuqaro bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish.
🤝 Belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar va “mahalla yettiligi” hamkorligida manzilli va tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
Asosiy maqsad — har bir xonadonga kirib borish, muammoni aniqlash va uning yechimiga amaliy ko‘mak berish.
Aholi farovonligini oshirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish hamda ijtimoiy muammolarni hal etish borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3