Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
📌 Viloyat va tuman Kengashi deputatlari hamkorlikda saylov okrugida o‘rganish ishlarini olib bordilar

Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini nazorat qilish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 24-Gulshan saylov okrugidan saylangan deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputati Ishchanov Alibek Raximberganovich tomonidan Qo‘shko‘pir mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida, xususan, “Ochiq budjet” loyihasining 1-mavsumi doirasida Istiqbol va Yoshlar ko‘chalarining 2,3 km qismida amalga oshirilgan asfaltlash ishlari ko‘zdan kechirilib, bajarilgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida ijrosi nazorat qilindi.
Deputatlar tomonidan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, aholi murojaatlarini tinglash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
📍 Deputatlik nazorati — aholi manfaatlari va hudud taraqqiyoti yo‘lida muhim omil.

Slide 1 of 3