Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
🏠 KADASTR MASALALARI BO‘YICHA AHOLI MUROJAATLARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Shovot tumani filiali boshlig‘i Ro‘zmetov Zoxitjon Rajabboyevichning 2026-yil yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.
📊 Hisobot davrida filialga jami 124 ta murojaat kelib tushgan.
🔹 86 tasi qanoatlantirilgan;
🔹 17 tasi huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan;
🔹 12 tasiga tushuntirish berilgan;
🔹 9 tasi ayni vaqtda o‘rganish jarayonida.
📌 Murojaatlarning asosiy qismini chegara hududlariga aniqlik kiritish, ko‘chmas mulk to‘g‘risida ma’lumot olish hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar tashkil etgan.
⚖️ Filialda murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish, tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborish hamda murojaat mualliflarini o‘z vaqtida xabardor qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
🤝 Murojaatlar yuzasidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tegishli choralar ko‘rilgani qayd etildi.
📑 XULOSA:
Doimiy komissiya tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Shovot tumani filiali boshlig‘i Ro‘zmetov Zoxitjon Rajabboyevichning aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan hisoboti tinglanib, mazkur masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.
✍️ Doimiy komissiya raisi — M. Kariyev