Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
“TASHABBUSLI BUDJET” BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida “G‘olib” deb topilgan loyihalarga mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.
Doimiy komissiya tomonidan “Ochiq budjet” elektron axborot portali orqali “Tashabbusli budjet” jarayonining 4-bosqichi — ovoz berish jarayoni yakunlari ko‘rib chiqilib, 2026-yilning 2-mavsumida “g‘olib” deb topilgan loyihalar ro‘yxati ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi. Loyihalarning umumiy amalga oshirish qiymati 21 047 400,0 ming so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, doimiy komissiya tomonidan g‘olib loyihalarni moliyalashtirishning manzilli ro‘yxati hamda xarid qilinadigan tovar va xizmatlar reestrini tasdiqlash bo‘yicha tegishli qarorlar belgilandi.
Qarorda mablag‘larning belgilangan tartibda ajratilishi, loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, ishlarning sifatli bajarilishi hamda loyihalarni tashabbuskorlar ishtirokida qabul qilib olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Doimiy komissiya qaroriga muvofiq, mazkur masalani xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqish va tegishli Kengash qarorini qabul qilish uchun kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.