Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Yoshlar bilan ishlash tizimidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yilning 7 oyi davomida tumanda yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqildi.
Doimiy komissiyaning 2026-yil 8-sentabrdagi DKQ 03-03/50-26-sonli qarori bilan mazkur hisobot ma’qullandi hamda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.
Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, ishsiz yoshlarni doimiy ishga joylashtirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga jalb etish, “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning muammolarini hal etish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish belgilandi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tadbirlarni kengaytirish hamda mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19¹-moddasiga asosan qabul qilingan.
Mazkur masalani xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.