Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Deputat so‘rovi ijobiy hal etilmoqda

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Shodmonov Shohruh O‘ktamovich tomonidan Yakkatut mahallasi 20-mavzesida joylashgan 21-, 22-, 23- va 24-sonli ko‘p qavatli uylarning issiqlik ta’minotiga xizmat qiluvchi eskirgan tarmoqlarni yangilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur murojaat yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Hamrayev Kamol Kazimovich tomonidan ma’lumot berilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani bildirildi.

Jumladan, 21-sonli ko‘p qavatli uyga kirib boruvchi eskirgan issiqlik tarmoqlari 2025-yilda yangisiga almashtirilgan.
Ayni paytda esa 22-, 23- va 24-sonli ko‘p qavatli uylarning foydalanish muddatini o‘tagan issiqlik tarmoqlarini yangilash ishlari davom ettirilmoqda.
✅ Bu — deputat so‘rovi orqali aholi tomonidan ko‘tarilgan muammoning amaliy yechimini topayotganining yana bir yorqin misolidir.
Deputatning asosiy maqsadi — fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, muammolarni mas’ullar oldiga olib chiqish va ularning amaliy yechimini ta’minlash.

Slide 1 of 2