Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
OBODONLASHTIRISH VA CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH XIZMATLARI UCHUN TO‘LOV TARIFLARI MUHOKAMA QILINDI

“Chilonzor tumanidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish va buning natijasida yuzaga kelgan qattiq va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lov tarifi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Muhokama davomida mazkur xizmatlar uchun belgilanishi taklif etilayotgan to‘lov tariflarining asoslanganligi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, shuningdek, hosil bo‘ladigan qattiq va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, mazkur masalani Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish hamda sessiyada muhokama qilish maqsadga muvofiq, deb topildi.
Shu asosda masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish va sessiya muhokamasiga olib chiqish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.