Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

 YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan Boysun tumanida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va harakat ishtirokchilari uchun xavfsiz sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, aholi va haydovchilar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tuman hududidagi yo‘llarning holati, yo‘l belgilari va harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda nafaqat mutasaddi xodimlar, balki har bir haydovchi va piyodaning mas’uliyati muhim. Shu bois profilaktik tadbirlarni muntazam tashkil etish, aholi o‘rtasida huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish va yo‘llarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish dolzarb vazifa hisoblanadi.

📌 Xavfsiz yo‘l — har bir harakat ishtirokchisining mas’uliyatidan boshlanadi.

Slide 1 of 4