Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
🔰Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi

🔰Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B. Yusupov tomonidan saylov okrugi hududida aholi murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
✔️Navbatdagi o‘rganishlar jarayonida Obod mahallasi aholisi tomonidan mahalla hududidan o‘tuvchi Jingon arig‘ini betonlashtirishga amaliy yordam ko‘rsatish masalasida murojaat bildirildi. Ushbu muammo aholi uchun muhim ahamiyat kasb etib, ariqdan samarali foydalanish, suv isrofining oldini olish hamda hududdagi sug‘orish tizimini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.
✔️Deputat B. Yusupov tomonidan mazkur murojaat tegishli tashkilotlarga yetkazilib, muammoni hal etish choralari ko‘rildi. Natijada tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori tomonidan masalaga ijobiy yondashilib, Jingon arig‘ini betonlashtirish bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi.
✔️Eng muhimi, saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan murojaat o‘z vaqtida o‘rganilib, amaliy yechim topdi. Bu esa deputatlik faoliyatida aholi bilan yaqin muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari saylovchilarning murojaatlariga doimo e’tibor qaratib, ularni hal etish yo‘lida amaliy choralarni ko‘rishda davom etadilar.

Slide 1 of 2