Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda

Hududiy vakillik organlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida 9–11-sentabr kunlari Jizzax viloyati Kengashi delegatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi tashkil etildi.
Mazkur delegatsiya tarkibida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi Anvar Aralov hamda Kengash kotibiyati mudiri Gulzoda Xudoyarova ham ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda mahalliy Kengashlar faoliyati, deputatlar bilan ishlash tizimi, doimiy komissiyalar faoliyati, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy Kengashlarning roli kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
Shuningdek, ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish, ularni Jizzax viloyati hududlarida qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qilish hamda mahalliy vakillik organlari o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha fikr almashilmoqda.
Mazkur amaliy tashrif mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish hamda aholi muammolarini hal etishda ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3