Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Zarbdor tuman Kengashi vakillari Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi

Jizzax viloyati Kengashi delegatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi Anvar Aralov hamda Kengash kotibiyati mudiri Gulzoda Xudoyarova ham ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasbiy salohiyatini yuksaltirish, jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, talaba-yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, jamoatchilik jarayonlariga keng jalb etish, deputatlik instituti va mahalliy Kengashlar faoliyati haqida tushunchalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5