Deputatlar tomonidan belgilangan jamoatchilik nazorati tadbirlari doirasida ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o‘rganish tadbirlari ham o‘rin olgan.
Xususan, bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 12-Boyovut saylov okrugidan saylangan deputat Quldoshov Salohiddin tomonidan saylov okrugidagi mavjud taʼlim muassasalarida issiqlik energiyasining uzluksiz taʼminlanganlik holati o‘rganildi.