Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar o'z saylov okrugida

Deputatlar o'z saylov okrugida

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati D.Yodgorova, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari bilan birgalikda "Qarashiq" mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan amalga oshirilayotgan ishlar va oldinda turgan vazifalar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘rganish jarayonida aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, shuningdek, aholi salomatligini muhofaza qilish uchun yaratilgan sharoitlar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ular tomonidan mahalla raislariga qaysi dori vositalari bepul berilishi, aholiga qanday tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi, imtiyozli toifaga kiruvchi fuqarolar uchun mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.