🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati majlislar zalida shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan shahar Kengashining navbatdagi 19-sessiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.
🔻Yig‘ilish kun tartibida:
🔸1. Davlat kadastrlari palatasi Jizzax shahar filiali tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda tizimdagi korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar to‘g‘risida.
🔸2. Geografik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi shahar komissiyasining shahardagi mavjud nomsiz hamda nomlari takrorlangan ko‘chalarga tavsiya etilgan nomlarni ko‘rib chiqish va nomlash to‘g‘risida.