Uchrashuvda Xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Ismatullayev, “BAXT EKSPRES HAMROH” ma’suliyati cheklangan jamiyati rahbari X.Arakulov va viloyat Transport boshqarmasi vakili I.Mo’minovlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida M.Shodiyeva o‘zining mazkur davr mobaynida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, faollar tomonidan ilgari surilgan taklif va murojaatlar, jumladan;
- mahallada istiqomat qiluvchi o’quvchi yoshlar va aholining tuman markaziga borishda avtobus qatnovi yo’lga qo’yish takliflari tinglandi.
Bildirilgan taklif yuzasidan X.Arakulov tomonidan “BAXT EKSPRES HAMROH” MCHJga qarashli avtobuslar qatnovi yo’lga qo’yilishi ma’lum qilindi.