Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
❇️ DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA AXOLI MUROJAATLARI XAL ETILMOQDA
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“AYOL BAXTLI BO‘LSA — JAMIYAT BAXTLI BO‘LADI!” SHIORI OSTIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLAR TOMORQADAN OQILONA FOYDALANISH BO'YICHA OLIB BORILGAN ISHLAR BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
“AYOL BAXTLI BO‘LSA — JAMIYAT BAXTLI BO‘LADI!” SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILIB, IJTIMOIY KO'MAKKA MUXTOJ BOLAJONLAR XOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN KAM TA’MINLANGAN OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HISOBOTLAR ESHITILDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi

    Bugun Guliston tumanida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Sirojiddin Boboqulov bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Guliston tuman 20-Tajribakor saylov okrugidan deputat Olimjon Jo‘rayev mahallalardagi hokim yordamchilari bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etdi.

   Uchrashuv davomida hokim yordamchilarining mahallalardagi faoliyati tahlil qilinib, 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2026-yilda belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

   Uchrashuvda tumanda ishsizlik darajasini qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar yuzasidan ham tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4