Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengashi raisi hamda tuman Kengashi deputati amalga oshirilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Mirzacho‘l tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIRZACHO‘L TUMAN KENGASHI MAHALLIY BYUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIRZACHO‘L TUMAN KENGASHI MAHALLIY BYUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIRZACHO‘L TUMAN KENGASHINING IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, MADANIYAT VA SPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
♻️ “YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!”
янв.21
❇️ DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
“YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!”
янв.21
Deputatlar maktab o‘yingohida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash jarayonlari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT O‘QUVCHILAR BILAN SUHBAT O‘TKAZDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun tuman Kengashi deputati Eldor Otaboyev hamda viloyat Kengashi deputati Ro‘ziqul Primqulovlar saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan murojaatlar yuzasidan o‘z saylov okruglaridagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandilar.

Xususan, “Bekat” mahallasida joylashgan “Yangi avlod” hamda “Baxtli hayot-2” ko‘chalarini shag‘allashtirish zarurligi qayd etildi. Mazkur ko‘chalarda yog‘ingarchilik paytida yo‘llarning yomonlashib ketishi sababli aholi harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqaro A. Murodov tomonidan mahalladagi “Sharq yulduzi” ko‘chasida elektr ta’minotini tartibga solish masalasi ko‘tarildi. Fuqaro Sh. Nortmatov esa mahalla ichki ko‘chalari bo‘yida piyodalar yo‘lagini barpo etish zarurligini bildirdi.

Mazkur murojaatlar yuzasidan deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi hamda masalalar deputat nazoratiga olinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3