Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
❇️ DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA AXOLI MUROJAATLARI XAL ETILMOQDA
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“AYOL BAXTLI BO‘LSA — JAMIYAT BAXTLI BO‘LADI!” SHIORI OSTIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLAR TOMORQADAN OQILONA FOYDALANISH BO'YICHA OLIB BORILGAN ISHLAR BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
“AYOL BAXTLI BO‘LSA — JAMIYAT BAXTLI BO‘LADI!” SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILIB, IJTIMOIY KO'MAKKA MUXTOJ BOLAJONLAR XOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN KAM TA’MINLANGAN OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HISOBOTLAR ESHITILDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
Mahalladagi o‘zgarishlar joyida o‘rganildi

Mahalladagi o‘zgarishlar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Xamroyev “Mustaqillik” mahallasiga tashrifi davomida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi hamkorligida hududda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni joyida o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida “Mustaqillik” ko‘chasida barpo etilayotgan maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ekti ko‘zdan kechirildi. Ushbu ob’ekt tarkibida mini market va nonvoyxona va shu kabi xizmat ko'rsatish nuqtalari qurilishi rejalashtirilgani, bu esa aholi uchun qulayliklar yaratish, xizmatlar qamrovini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

️Shuningdek, hokim yordamchisi ko‘magida ajratilgan imtiyozli kredit asosida tadbirkor tomonidan olib kelingan g‘isht ishlab chiqarish uskunasining ishga tushirilishi bilan tanishildi. Ushbu tashabbus mahallada kichik biznesni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgani qayd etildi.

Bundan tashqari, kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan ekin maydonlaridan foydalanish holati, shuningdek, mahalla aholisi tomorqalaridan samarali foydalanish jarayonlari ham o‘rganildi. Xususan, tomorqalarda tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati ko‘zdan kechirilib, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, tomorqalardan yil davomida daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 5