Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar oqova suv tarmog‘ini o‘rnatish jarayonlari bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat o‘rganishi
янв.21
Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
💧Suv bilan barqaror ta’minlanganlik yoki ta’minlanmaganlik deputatlar tomonidan belgilanadi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Mirzacho‘l tuman Politehnikumida o‘quvchilar bilan tarbiyaviy suhbat o‘tkazildi.
янв.21
2026-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi tomonidan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylangan deputatlar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.
янв.21
2026-yil 2-fevral kungi Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman Kengashining navbatdan tashqari 18-sessiyasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Toyloq tumanida doimiy komissiyaning navbatdagi sessiya oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi sessiya oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanni 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

✅Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan birinchi masala — 2026-yilda Toyloq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida bo‘ldi. Mazkur dasturda hudud infratuzilmasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

✅Shuningdek, Toyloq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar ham muhokama qilindi. Mazkur mablag‘larni ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash, ichki yo‘llarni yaxshilash, kommunal infratuzilmani rivojlantirish hamda aholining dolzarb muammolarini hal etishga yo‘naltirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅Yig‘ilishda, shuningdek, Toyloq tumanidagi og‘ir toifadagi mahallalarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Dastur doirasida mazkur hududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, ijtimoiy obyektlarni ta’mirlash, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.

✅Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarorining Toyloq tumanidagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Qaror ijrosi doirasida investitsiya loyihalari, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish orqali bandlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

✅Shuningdek, Toyloq tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” sifatida tanlab olingan mahallani namunali hududga aylantirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash masalasi ham muhokama qilindi. Ushbu dastur doirasida mahallada zamonaviy infratuzilma yaratish, obodonlashtirish ishlarini olib borish, aholiga qulay sharoitlar yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

✅Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berilib, ularni navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish uchun tavsiya etildi. Doimiy komissiya tomonidan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 8