Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar oqova suv tarmog‘ini o‘rnatish jarayonlari bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat o‘rganishi
янв.21
Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
💧Suv bilan barqaror ta’minlanganlik yoki ta’minlanmaganlik deputatlar tomonidan belgilanadi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Mirzacho‘l tuman Politehnikumida o‘quvchilar bilan tarbiyaviy suhbat o‘tkazildi.
янв.21
2026-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi tomonidan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylangan deputatlar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.
янв.21
2026-yil 2-fevral kungi Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman Kengashining navbatdan tashqari 18-sessiyasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

    So‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bunda fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ham sonini ko‘paytirishga qaratilgan choralar ko‘rildi. Jumladan, hududlarda tashkil etilgan “Madad” NNT (Nodavlat notijorat tashkilotlari) fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatadigan tashkilotlar sirasiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy isohatlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi 80-son Farmoni bilan “Madad” NNTlarining fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatuvchi tashkilot sifatida rolini oshirish belgilanishi ham fikrimizning isboti hisoblanadi.

Ushbu Farmon bilan, “Madad” NNT orqali aholining turli qatlamlariga huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish belgilandi.

️Bundan tashqari, 2024-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatishning quyidagi tartibi joriy qilish belgilandi:

️Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda Respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi. Huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur bo‘ladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashiladi.

“Madad” NNTning tuman (shahar)lar huquqiy maslahat byurolari orqali aholiga, avvalambor, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish, nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur bo‘ladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashish. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi jamoat fondlari hisobidan “Madad” NNTning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq huquqiy maslahat byurolari faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat subsidiyalari ajratib borilish belgilandi.

 Shuni takidlash kerakki, bu kabi Farmonlarning qabul qilinishi fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatuvchi tashkilot hisoblanuvchi “Madad” NNTlarining rolini oshiradi hamda bu tashkilotlarga murojaat qilib, bepul huquqiy yordam oluvchi fuqarolarning soni oshishiga ham sabab bo‘ladi.

Slide 1 of 4