Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar oqova suv tarmog‘ini o‘rnatish jarayonlari bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat o‘rganishi
янв.21
Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
💧Suv bilan barqaror ta’minlanganlik yoki ta’minlanmaganlik deputatlar tomonidan belgilanadi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Mirzacho‘l tuman Politehnikumida o‘quvchilar bilan tarbiyaviy suhbat o‘tkazildi.
янв.21
2026-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi tomonidan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylangan deputatlar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.
янв.21
2026-yil 2-fevral kungi Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman Kengashining navbatdan tashqari 18-sessiyasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Tomorqadan – farovonlik sari: Sariosiyo mahallasida ayollar tashabbusi

✅O‘ZLIDEP Toyloq tuman Kengashi hamda tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova tomonidan Sariosiyo mahallasida aholi tomorqalaridan foydalanish holatlari bilan tanishildi. Uchrashuv davomida mahalladagi faol tomorqachi ayollarning mehnati, tashabbusi hamda erishilayotgan samarali natijalari bilan yaqindan tanishildi. 

 ✅Mahallada tomorqachilikni rivojlantirib, boshqalarga ham o‘rnak bo‘layotgan ayollardan biri Hafiza Mamatova hisoblanadi. U 6 sotixli hovlisida sabzi yetishtirib, yil davomida 2–3 marta hosil olish orqali 100 million so‘mgacha daromad qilayotganini ta’kidladi. 

 — Hovlimda samarali mehnat qilib, farzandlarim oldida, o‘z yurtimda daromad topapman. Bu yil o‘g‘limni uylantirdim, to‘y qildik. Chet elga chiqmasdan ham halol mehnat bilan ro‘zg‘orni obod qilish mumkin, — deydi u faxr bilan. 

  ✅Shuningdek, Ozoda Ziyodullayeva va Sabina Akbarova 4 sotixli hovlilarida karam ko‘chatlari yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Ayniqsa, yosh tadbirkor Sabina Akbarovaning sa’y-harakatlari e’tiborga molik. 

 — Hozirda 16 mingta karam ko‘chati parvarishlayapman. Ko‘chatlar tayyor bo‘lgach, o‘rniga erta pishar pomidor va bodiring ekib, qo‘shimcha daromad olamiz. Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining 3-bosqich talabasiman. O‘qishimni shartnoma pulini aynan shu mehnat orqali to‘layapmiz, — deydi u ishonch bilan. 

  ✅O‘ZLIDEP tomonidan tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar loyihaning muhim maqsadlariga xizmat qilmoqda. Xususan, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, bir yilda 2–3 marta hosil olish imkonini yaratish, tajribali tomorqachi ayollar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish, “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida mahallalarni aniq ekin turlariga ixtisoslashtirish hamda tajribali fermer va tadbirkorlari faoliyatlarini ommalashtirishdan ibortdir. 

  ✅Bunday amaliy ishlar mahallalarda bandlikni ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va eng muhimi, aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sariosiyo mahallasidagi tomorqachi ayollar esa bu borada o‘z mehnati, irodasi va tashabbusi bilan haqiqiy ibrat maktabiga aylanmoqda. 

Slide 1 of 4