Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💧Suv bilan barqaror ta’minlanganlik yoki ta’minlanmaganlik deputatlar tomonidan belgilanadi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Mirzacho‘l tuman Politehnikumida o‘quvchilar bilan tarbiyaviy suhbat o‘tkazildi.
янв.21
2026-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi tomonidan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylangan deputatlar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.
янв.21
2026-yil 2-fevral kungi Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman Kengashining navbatdan tashqari 18-sessiyasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
янв.21
2026-yil 2-fevral kuni Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdan tashqari 18-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
2026-yil 2-fevral kuni Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman Kengashining Maxalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy isloxotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
2026-yil 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi O‘razaliyeva Muqaddas O‘ktamovna "maxalla yettiligi" ning hamkorlikdagi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
2026-yil 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva saylovchilar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2025-yil davomidagi faoliyati to‘g‘risida tahliliy axborot

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2025-yil davomidagi faoliyati tahlil qilindi. Unga ko‘ra:

1) Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan 2025-yil davomida 14 ta sessiya o‘tkazilgan, ularda jami 191 ta masala muhokama etilgan hamda tegishli qarorlar qabul qilingan.

Sessiyalarda:

- davlat organlari rahbarlarining hisobot (axborot)lari va muhokama etilgan masalalar 96 marotaba eshitilgan;

- nazorat-tahlil tadbirlari doirasida 12 marotaba ko‘rib chiqilgan;

- vakolat doirasidagi qarorlar 30 marotaba ko‘rib chiqilgan;

- hokimning qarorlari 5 marotaba tasdiqlangan;

- vakolat doirasidagi boshqa masalalarga doir 48 ta qaror qabul qilingan.

2) Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarorlarida ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha taklif kiritilmagan.

3) Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslariga 107 ta (o‘tgan yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ko‘p) deputat so‘rovi yuborilgan bo‘lib, ularning 104 tasiga yoki qariyb 97,2 foiziga (shundan, 3 tasiga yoki 2,8 foiziga muddatdan kechikib) javob berilgan.

 Ma’lumot uchun: 2024-yilda jami 56 ta deputat so‘rovi yuborilgan, 55 tasiga yoki 98,2 foiziga (1 tasiga muddatdan kechikib) javob berilgan.

4) Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylov okruglarida aholi vakillari bilan 45 marta uchrashuvlar o‘tkazilgan. Ushbu uchrashuvlarda aholi tomonidan 120 dan ziyod muammolar ko‘tarilgan.

Mazkur muammolarning 87,5 foizi yoki 105 tasi deputatlar tomonidan ijobiy hal etilishiga erishilgan.

 Ma’lumot uchun: 2024-yil davomida jami 46 marta uchrashuvlar o‘tkazilgan. Ushbu uchrashuvlarda aholi tomonidan 202 ta muammo ko‘tarilgan va ularning 75,2 foizi yoki 152 tasi deputatlar tomonidan ijobiy hal etilgan.

5) Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlariga fuqarolar tomonidan 36 ta murojaat kiritilgan bo‘lib, ularning 34 tasi (94,5 foiz) ijobiy hal etilgan, 2 tasi (5,5 foiz) bo‘yicha tushuntirish berilgan.

 Ma’lumot uchun: 2024 yilda fuqarolar tomonidan jami 202 ta murojaat kiritilgan bo‘lib, ularning 152 tasi (75,2 foiz) ijobiy hal etilgan, 50 tasi (24,8 foiz) bo‘yicha tushuntirish berilgan.

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari sa’y-harakatlari bilan:

❖ 56 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan;

❖ 18 nafar fuqaroga kredit va subsidiya olishda yordam berilgan;

❖ 17 nafar ehtiyojmand fuqaro daftarlarga kiritilgan;

❖ 24 nafar fuqaroga tegishli jamg‘armalar hisobidan moliyaviy yordam ko‘rsatildi;

❖ 66 nafar fuqaroning elektr, gaz, suv tarmoqlari hamda yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalari hal etildi;

❖ 34 nafar fuqaroning murojaati asosida obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirildi;

❖ 27 nafar fuqaroning murojaati asosida hal etilgan boshqa masalalar;

❖ 1 nafar fuqaroning uy-joyi ta’mirlandi;

6) Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholini xabardor qilish maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 191 ta qarori “E-Kengash” (“E-qaror”) tizimi orqali rasmiy e’lon qilingan.

 Ma’lumot uchun: 2024-yilda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining jami 191 ta qarori “E-Kengash” (“E-qaror”) tizimiga joylashtirilgan

7) Qabul qilingan yangi qonunlar mazmunini aholiga yetkazish bo‘yicha Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda 18 ta turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.

8) Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi va deputatlar faoliyati ommaviy axborot vositalarida jami 384 marotaba yoritilgan bo‘lib, shundan 22 tasi mahalliy, 4 tasi respublika bosma va teleradiokanallarda, 65 tasi internet veb-saytlarda, 293 tasi ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan.

 Ma’lumot uchun: 2024-yilda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi va deputatlar faoliyati ommaviy axborot vositalarida jami 325 marotaba yoritilgan bo‘lib, shundan 40 tasi mahalliy bosma va teleradiokanallarda, 230 tasi internet veb-saytlarda, 87 tasi ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan.

Shuningdek, o‘tkazilgan sessiyalarning 14 tasi yoki 93 foizi (2024-yilda 88,2 foiz) ijtimoiy tarmoqlarda onlayn yoritildi. 

Slide 1 of 1