Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💧Suv bilan barqaror ta’minlanganlik yoki ta’minlanmaganlik deputatlar tomonidan belgilanadi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.
янв.21
2026-yil 5-fevral kuni Mirzacho‘l tuman Politehnikumida o‘quvchilar bilan tarbiyaviy suhbat o‘tkazildi.
янв.21
2026-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi tomonidan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylangan deputatlar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.
янв.21
2026-yil 2-fevral kungi Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman Kengashining navbatdan tashqari 18-sessiyasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
янв.21
2026-yil 2-fevral kuni Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdan tashqari 18-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
2026-yil 2-fevral kuni Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman Kengashining Maxalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy isloxotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
2026-yil 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi O‘razaliyeva Muqaddas O‘ktamovna "maxalla yettiligi" ning hamkorlikdagi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
2026-yil 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva saylovchilar bilan uchrashdi.
“Bulung’ur hayoti” gazetasi tahririyatida matbuot anjumani o’tkazildi

 Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 2025-yildagi faoliyati hamda aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi 2025-yil davomida aholi bilan muloqotni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud uammolarni tizimli hal etish borasida faol ish olib bordi. Jumladan, deputatlar qabullari, jonli muloqotlar, sayyor va tonggi qabullar orqali aholi bilan bevosita ishlash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. 

Kengash tarkibi va tashkiliy tuzilma

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi tarkibi 25 nafar deputatdan iborat bo‘lib, ularning partiyalar kesimidagi tarkibi quyidagicha:  

  • O‘zLiDeP – 7 nafar, 
  • O‘zXDP – 5 nafar, 
  • O‘zMTDP – 4 nafar, 
  • “Adolat” SDP – 4 nafar, 
  • Ekologik partiya – 4 nafar
    deputat.
     

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 31-oktabrdagi KQ–846-IV-son qaroriga muvofiq, Kengash huzurida quyidagi 5 ta doimiy komissiya faoliyat yuritmoqda: 

1. Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha; 

2. Korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va huquqiy masalalar bo‘yicha; 

3. Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha; 

4. Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport
masalalari bo‘yicha;
 

5. Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha. 

Sessiyalar faoliyati

2025-yil davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan 18 ta sessiya o‘tkazilib, ularda 138 ta qaror qabul qilindi. 

Sessiyalar davomida:  

  • 37 ta hisobot eshitildi (hokim, hokim o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, IIB, soliq, sog‘liqni saqlash, moliya, ekologiya, yoshlar ishlari agentligi va boshqalar); 
  • 11 ta axborot eshitildi (Adliya bo‘limi, Xalq qabulxonasi, Prokuratura va boshqalar); 
  • 1 ta masala muhokama qilindi;
  • 1 ta nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi; 
  • 3 ta vakolat doirasidagi qaror va 7 ta hokim qarori tasdiqlandi; 
  • 78 ta boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. 

Aholi muammolarini aniqlash va hal etish ishlari

Joriy yil boshidan 1-avgust holatiga qadar deputatlar qabullari, sayyor qabullar va joylardagi
o‘rganishlar natijasida tumanda jami 372 ta muammo aniqlandi. Ushbu
muammolar 10 ta soha va tashkilotlar kesimida taqsimlanib, Xalq deputatlari
tuman Kengashining 2025-yil 23-avgustdagi qarori bilan ularni bartaraf etish
bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
 

Aniqlangan
muammolarning asosiy qismi:
  

  • elektr ta’minoti – 108 ta, 
  • obodonlashtirish – 74 ta, 
  • ichimlik suvi – 73 ta, 
  • yo‘l xo‘jaligi – 58 ta va boshqa sohalarga to‘g‘ri
    keldi.
     

O‘tgan davr
mobaynida mahalliy byudjet mablag‘lari, davlat dasturlari, deputatlarning
tashabbuslari hamda aholi faolligi natijasida 190 ta muammo (51,3 foiz) ijobiy hal etildi.
 

Xususan:  

  • Elektr ta’minoti sohasida 216 mln so‘m evaziga 5,4 km SIP kabel va 500 dan ortiq temir-beton ustunlar xarid qilindi; 
  • 7 ta mahallada jami 9,3 km ichimlik suvi tarmoqlari tortildi; 
  • Ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya va elektr tizimlarini yaxshilash uchun 400 mln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi; 
  • Eng og‘ir holatdagi 3 ta ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash uchun 188,4 mln so‘m ajratildi. 

Deputatlarning aholi bilan ishlash faoliyati 2025-yilda deputatlar tomonidan:

  • 153 marotaba joylarda uchrashuvlar o‘tkazildi; 
  • Jismoniy shaxslar tomonidan ko‘tarilgan 148 ta muammoning 145 tasi ijobiy hal etildi;
  • Yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan 24 ta murojaatning 16 tasi ijobiy hal etildi; 
  • Jami 81 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, ularning ijrosi doimiy nazoratga olindi. 

Ochiqlik va axborot siyosati

Kengash faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida:  

  • 9 ta sessiya onlayn tarzda jonli efirda yoritildi; 
  • 138 ta qaror E-Kengash tizimi orqali rasmiy e’lon qilindi; 
  • 31 ta qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi; 
  • 11 ta qaror huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. 

Kengash va deputatlar faoliyati 147 marotaba ommaviy axborot vositalarida yoritildi. 

Xulosa

Amalga oshirilgan ishlar aholi muammolarini hal etish, turmush sharoitini yaxshilash va davlat organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qildi. Kelgusida bajarilmay qolgan masalalarni 2026-yil dasturlariga kiritish, eng dolzarb muammolarni deputatlar va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish rejalashtirilgan.