#Murojaat
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova maktab xodimlarining murojaati asosida Payariq tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabiga bordi.
Tashrif davomida maktab xodimlari tomonidan yer va mol-mulk solig‘i noto‘g‘ri hamda asossiz hisoblanganligi yuzasidan bildirilgan e’tirozlar joyida atroflicha o‘rganildi.
Mazkur masala yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinib, mas’ul tashkilotlarga holatga huquqiy baho berish va adolatli yechim topish bo‘yicha tegishli tartibda yuborish belgilab olindi.
Fuqarolarning har bir murojaati doimo e’tiborda bo‘lib, qonun ustuvorligi faoliyatning asosiy mezoni bo‘lib qoladi.
https://t.me/parmanovanargiza/922
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)