Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI
янв.21
BOSH VAZIR O‘RINBOSARI ZULAYXO MAHKAMOVA MIROBOD TUMANIDAGI URUSH FAXRIYSIGA EHTIROM KO‘RSATDI
янв.21
MIROBOD TUMANI HOKIMLIK BINOSIDA SAYYOR QABUL BO'LIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING 9-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTATLAR MIROBOD TUMANIDAGI DMTT OSHXONALARIDA MAHSULOTLAR SAQLANISHI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZDILAR
янв.21
MIROBOD TUMANIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2025-YIL 3 YANVARDAGI PQ-1-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN TUMAN DEPUTATLARI MAS’ULLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
MIROBOD TUMANIDA FUQAROLAR YIG‘INLARI RAISLARI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KO’RISHDA TUMAN DEPUTATLARI FAOL ISHTIROK ETMOQDALAR
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING 8-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MIROBOD TUMANIDAN SAYLANGAN DEPUTATLAR 2025-YILNING BIRINCHI CHORAGIDA AMALGA OSHIRGAN FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
Oliy Majlis deputati Toshkent tumanida

#Jamoatchilik_nazorati 

Oliy Majlis deputati Toshkent tumanida

Joriy yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Atxam Nazirqulov, tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Hasanboy hududidagi 9-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida boʻldi.

450 dan ortiq jajji bolajonlarni oʻz bagʻriga olgan tarbiya oʻchogʻiga kirar ekanmiz, Muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan islohotlarini tumanimizda amalga oshirayotganligiga yana bir bora ishonch hosil qildik. Chunki, bir biridan shirin shakar farzandlarimiz uchun barcha qulay shart sharoitlar yaratilgan. 

Malakali tarbiyachilar bilan qilgan suhbatimizdan qoniqish hosil qilgach, oshxona tomon yoʻl oldik. Bolajonlar uchun stol stullar deysizmi, qoʻl yuvishgacha barcha qulayliklarni koʻrib tasanno deysiz. 

Ha, bu inshoot bugungi kunda yuzlab oilalarning farzandlari uchun mehr muhabbat bilan xizmat qilinayotganini koʻrib chiqar ekanmiz, ulkan inshootni qurib bergan saxovatli homiylarimizga cheksiz minnatdorchiligimizni bildirib ortga qaytdik.

Toshkent tumani Kengashi deputati M.Usmonov.

Slide 1 of 4