Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Аҳолининг депутатга мурожаатидан сўнг, “Толариқ” маҳалласи ҳудудида дарахтларга шакл бериш ишлари бошлаб юборилди”
янв.21
“Зиёнур” маҳалласи аҳоли мурожаати юзасидан ўрганиш учрашуви ўтказилди
янв.21
Миробод туманида лойиҳалар амалга оширилиши депутатлар томонидан ўрганилди.
янв.21
ДЕПУТАТ — АҲОЛИ ВА МАҲАЛЛА ЎРТАСИДАГИ МУСТАҲКАМ КЎПРИК
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ТАКЛИФ ВА ТАШАББУСЛАРИ — ДЕПУТАТЛАР ЭЪТИБОРИДА
янв.21
9-май – Хотира ва қадрлаш кунига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
Депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Депутатга мурожаатдан сўнг “Байналминал” маҳалласи ҳудудидан кесилган шох-шаббалар олиб чиқиб кетилди
янв.21
Миробод туман Кенгаши депутати Ш.Абдуллаевнинг ҳафталик иш режаси доирасида “Байналминал” МФЙ фаолияти ўрганилди
янв.21
Миробод туманида “Обод махалла” дастури доирасида режалаштирилган чора-тадбирларни ташкил этиш учун Кенгаш қарори билан маблағ ажратилди”
#tashkilotga_biriktirilgan_deputat

#tashkilotga_biriktirilgan_deputat

J.Do‘stov tomonidan o‘ziga biriktirilgan tashkilot xodimlarini rag‘batlantirish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida faol, fidoyi va mas’uliyat bilan mehnat qilayotgan xodimlar alohida e’tirof etildi. 

Deputat o‘z nutqida jamoaning samarali faoliyati hudud rivojida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, har bir xodimning hissasi qadrlanishini bildirib o‘tdi. 

Rag‘batlantirish jarayonida bir qator xodimlarga faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Bu kabi e’tibor va e’tirof xodimlarning kelgusidagi faoliyatiga ijobiy turtki berishi, ularni yanada yuqori natijalarga erishishga undashi qayd etildi. 

Tadbir yakunida jamoaga kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilandi va hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi. 

Bunday tashabbuslar tashkilotda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi va umumiy samaradorlikni oshiradi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5